Главная » 2021 » Апрель » 20 » Metroda to‘y qilgan tik-tokerlarga nisbatan jazo tayinlandi
12:31

Metroda to‘y qilgan tik-tokerlarga nisbatan jazo tayinlandi


Toshkent metropolitenida jamoat tartibini buzgan holda to‘y qilib, uni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan shaxslarga nisbatan chora ko‘rildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda metro vagonida to‘y nishonlanayotgani aks etgan video tarqalgan edi. Metro vagonida video olgan shaxslar tergovga chaqirilgan.

Qoidabuzarlarning har biriga Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumani Jinoiy ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan Ma’muriy javobgarlik bo‘yicha kodeksning 183 (mayda bezorilik), 54 (epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) va 115-moddalariga (metropolitendan foydalanish qoidalarini buzish) asosan jami BHMning 4 barobari (980 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: tayinlandi, Metroda, tik-tokerlarga, To‘y, Jazo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя