Главная » 2016 » Декабрь » 8 » “Milliy TV” telekanalida Yulduz Usmonovaning konserti namoyish etiladi
18:10

“Milliy TV” telekanalida Yulduz Usmonovaning konserti namoyish etiladi


So‘nggi kunlarda o‘zbek shou-biznesidagi eng shov-shuvli xabar – O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning sahnaga qaytgani bo‘ldi, desak adashmaymiz. O‘zbek estradasi primadonnasi 30 yildan ortiq vaqt mobaynida ijod qilib, qo‘shiqlari barchaning dilidan joy olib ulgurgan.
 
Kecha, 7 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda Yulduz Usmonovaning ishtirok etishi uzoq kutilgan va o‘z navbatida yaxshi ma’noda “kutilmagan” yangilik bo‘ldi. 7 dekabr kuni kechki soatlarda esa “Milliy TV” telekanali orqali Yulduz Usmonovaning “Sabo bo‘lib” taronasiga ishlangan videoklip premerasi o‘tkazildi.
 
Bugun, 8 dekabr kuni ham “Milliy TV” telekanali Yulduz Usmonovaning asl muxlislari uchun ajoyib tuhfa tayyorladi.
 
O‘tgan yilning 22 dekabrida poytaxtimizdagi “Navro‘z” restoranida Yulduz Usmonova o‘zining “Men sen bilan qirolichaman” nomli musiqiy albomini taqdim etgani haqida xabar bergan edik. Bu albom Yulduz Usmonovaning 60-musiqiy to‘plami bo‘ldi.
 
Tantanali ravishda tashkil etilgan albom taqdimotidan batafsil reportaj ham saytimiz orqali taqdim etilgandi. Bugun esa mazkur marosimning videolavhasini “Milliy TV” telekanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.
 
Xabarlarga qaraganda, kechki soat 20:00da “Milliy TV” telekanalida O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning “Men sen bilan qirolichaman” nomli musiqiy albomining taqdimot marosimi namoyish etiladi. 

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Milliy Tv, telekanal, Yulduz Usmonova | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя