Главная » 2020 » Октябрь » 1 » «Mona Liza»ning yana bir siri ochildi
22:50

«Mona Liza»ning yana bir siri ochildi


Leonardo da Vinchining «Mona Liza»si (yana bir nomi «Jokondo») jahon san’ati tarixida eng ahamiyatli va jumboqli asarlar sirasiga kiradi. Olimlar hanuz uni o‘rganish bilan band. Masalan, yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotda kartinada yashirin rasm borligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda «News.artnet» xabar berdi.

Rasmni multispektral tahlildan o‘tkazgan ekspertlar bo‘yoqlar ostida rassom tomonidan qoldirilgan chizmalarga duch kelishdi. Da Vinchi «spolvero» texnikasidan foydalangan (bunda ignada chizilgan izlar ko‘mir kukunlari yordamida to‘ldirilib, rasm ko‘chirib olinadi). Yuqori texnologiyalar kartinaning yorqin joylarida ko‘mirda chizilgan izlarni topishda yordam berdi.

Olimlar ilk marta mashhur san’at asarida ushbu texnikani uchratishganini aytishmoqda. «Mona Liza»ni ancha yillardan beri o‘rganayotgan tadqiqotchi Paskal Kottning taxminicha, yashirin surat kartinadan nusxalar olishda foydalanilgan bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun: ushbu mashhur asar Fransiyadagi Luvr muzeyida saqlanmoqda. Taxminlardan biriga ko‘ra, suratda ipak sotuvchining rafiqasi Franchesko del Jokondo tasvirlangan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ochildi, Siri, Mona Liza, yana bir | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя