Главная » 2017 » Август » 23 » Moskvada 15 yoshli qiz 9-qavatdan sakrab omon qoldi
14:30

Moskvada 15 yoshli qiz 9-qavatdan sakrab omon qoldi


20-avgust kuni Moskva shahrida Dasha ismli (ismi o‘zgartirilgan) 15 yoshli maktab o‘quvchisi 9-qavatdan sakrab omon qoldi, deb xabar berdi “MK.ru”. Ma’lum bo‘lishicha, qizaloq Oq ko‘lga cho‘milgani borish uchun onasidan ruxsat olgan. Soat 14:00 da chiqib ketgan qiz uyiga yarim tunda mast holda kirib kelgan. Onasining “yuvinib chiqib, joyingga borib yot” degan gapiga quloq solmasdan yana tashqariga otlangan. Ayol eshikni yopib uning tashqariga chiqishiga to‘sqinlik qilgach, qiz oshxonaga yugurib borib derazadan pastga sakragan.

Shunday balandlikdan yiqilganiga qaramasdan qiz omon qoldi. 22-avgust kuni Dasha jonlantirish bo‘limidan oddiy palataga olib o‘tildi. Qizning yaqinlarini so‘zlariga qaraganda, Dashaning bosh chanog‘i biroz jarohat olgan, qovurg‘asi singan, tishlari yorilgan va labi yirtilgan. Qizning omon qolishiga deraza ostidagi daraxt sabab bo‘lgan, u o‘z shohlari bilan Dashaning yerga yiqilishini yengillashtirgan.

Hozirda huquq-tartibot xodimlari maktab o‘quvchisi nima sababdan derazadan sakraganiga oydinlik kiritmoqda. Taxminlardan biriga ko‘ra, qiz katta ukasi bilan urishib qolganidan xafa bo‘lgani uchun shunday qilgan.

 


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Moskvada 15 yoshli qiz 9-qavatdan, sakrab, omon qoldi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя