Главная » 2017 » Июнь » 26 » Moskvada 3 o‘zbekistonlik ishchi gazdan zaharlanib, vafot etishdi
18:07

Moskvada 3 o‘zbekistonlik ishchi gazdan zaharlanib, vafot etishdi


22 iyun kuni Moskva shahrining Bojenko ko‘chasidagi kanalizatsiya quduqlaridan birida ish olib borayotgan 5 nafar ishchi gazdan zaharlanishdi. Oqibatda 3 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda “Moskovskiy Komsomoles” nashri xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, 22 iyun kuni soat taxminan 16:00 da ishchilarning bari quduq ichiga tushishgan. Ular texnika xavfsizligi qoidalarini buzishgan, havo yetkazuvchi maskalardan foydalanishmagan.

Odatda kanalizatsiya lyuklarida metan to‘planib qoladi. Bu gazning hidi bo‘lmasa-da, ammo insonni zaharlaydi.

5 ishchi tushgan quduqda ham metan miqdori ko‘p bo‘lgan, natijada ular birin-ketin hushlarini yo‘qota boshlashgan.

Favqulodda vaziyatlar xizmati qutqaruvchilari yetib kelguniga qadar boshqa ishchilar 3 nafar sherigining jasadlarini quduqdan olib chiqishgan.

Eng achinarlisi shuki, qurbonlar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lishgan.

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ishchi, o‘zbekistonlik, Moskvada, vafot etishdi, gazdan zaharlanib | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя