Главная » 2016 » Декабрь » 9 » Moskvada Islom Karimov haykali o‘rnatiladi
15:39

Moskvada Islom Karimov haykali o‘rnatiladi


Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovga haykal o‘rnatiladi. Oktabr oyida Moskva shahridagi tumanlardan biridagi bog‘ Islom Karimov nomi bilan atalgan edi. Moskva shahri meri Sergey Sobyanin bu haqdagi qarorni qabul qilgan edi. Sayilgoh Rossiyadagi O‘zbekiston elchixonasi yaqinida bunyod etiladi.
 
Mazkur bog‘da Islom Karimov yodgorligini o‘rnatish taklifi Moskva shahri dumasi qoshidagi monumental san’at komissiyasi tomonidan bir ovozdan ma’qullandi. Bu haqda “Interfax” agentligi xabar bermoqda.
 
O‘z navbatida, O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchisi Bahrom Afraxshanov bunday qaror qabul qigani uchun komissiyaga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.
 
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov 2016 yilning 2 sentabr kuni og‘ir xastalik sabab 78 yoshida olamdan ko‘z yumdi. Prezident o‘zi tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahriga dafn etildi.
 
Ma’lumot uchun, kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov siymosi tasvirlangan haykalni yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlovni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. 

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Islom Karimov, moskva | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя