Главная » 2020 » Июль » 10 » “Muhtasham yuz yil” serialining boshi ochiq aktrisalari (foto)
20:03

“Muhtasham yuz yil” serialining boshi ochiq aktrisalari (foto)


Turkiyaning eng muvaffaqiyatli seriallaridan biri “Muhtasham yuz yil”da suratga tushgan aksariyat aktrisalar allaqachon turmush qurgan, biroq haligacha o‘z baxtini uchratmaganlari ham yo‘q emas.

Filiz Axmet (Nigor xalfa)

Serialda aqlli, ayyor va jozibali saroy xalfasi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Filiz Axmet, hayotda ham latofati va chiroyi bilan kishilarni hayratga soladi. Ammo aktrisa hali o‘z baxtini uchratganicha yo‘q.

Jansu Dere (Firuza)

Jansu Dere “Muhtasham yuz yil”da sal qolsa Xurram sultonning baxtini yarim qiladigan ayol rolini gavdalantirgan. Yosh bo‘lishiga qaramay muvaffaqiyatga erishgan Jansuning kunlari aktrisalik va modellik faoliyati bilan band.

Maryam Uzerli (Xurram sulton)

Qoyilmaqom ijrosi, latofati va o‘zini tutishi bilan muxlislar qalbidan joy olgan Maryam hali turmush qurmagan. U ma’lum muddat turkiyalik tadbirkor Jan Atesh bilan uchrashib yurgan, ular hatto unashtirilgan ham edi. Biroq uzoq kutilgan to‘y bo‘lmadi. Maryam Jan Ateshdan ko‘rgan qiz farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyalab kelmoqda.

Deniz Chakir (Shox sulton)

Serialda sovuqqon roli va nigohlari bilan esda qolgan, sulton Sulaymonning singlisi Shox sulton rolini ijro qilgan Deniz ham ushbu ro‘yxatdan o‘rin olgan. Forbes jurnalida Turkiyaning eng go‘zal aktrisalaridan biri, Turkiyaning Boxer jurnalida bo‘lsa, eng muvaffaqiyatli 20 turk aktrisalari reytingidan o‘rin olgan Deniz, katta va ahil oilasi bo‘lishini orzu qiladi.

Pinar Chaglar Genchturk (Beyxon sulton)

“Muhtasham yuz yil” da sulton Sulaymonning singlisi rolini ijro qilgan aktrisa suratga olish jarayonida tashqi ko‘rinishi u qadar e’tiborni tortmas edi. Oradan 9 yil o‘tib qiyofasi o‘zgargan va jozibaliroq ko‘rina boshlagan Pinar ham hali oila qurib ulgurmagan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: “Muhtasham yuz yil”, aktrisalari, (Foto), boshi ochiq, serialining | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя