Главная » 2017 » Январь » 3 » “MY5” bahonasida uchta xonanda to‘y uchun yangi qo‘shiqli bo‘ldi
18:09

“MY5” bahonasida uchta xonanda to‘y uchun yangi qo‘shiqli bo‘ldi


Yangi yil kirib kelishi arafasida “MY5” telekanali  orqali efirga uzatilgan bayram dasturlari orasida “Butun olam bir manzilda” konsert dasturi ko‘pchilikka manzur keldi.
 
Dasturda o‘zbek shou-biznesining taniqli vakillari ishtirok etib, xorijning eng tilga tushgan qo‘shiqlarini kuylab chiqdilar. Talab va istaklarga binoan dasturda kuylangan qo‘shiqlarni e’tiboringizga havola etib boramiz.
 
Premerani esa “Nihol” mukofoti sovrindorilari Dilso‘z, Madina Mumtoz va xonanda Feruza Karimova ijrosidagi “Asere he” qo‘shig‘idan boshlashni maqsad qildik.
 
Ushbu qo‘shiq tinglovchilarga juda yaxshi tanish. U bir necha yil avval, “Las Ketchup” guruhi tomonidan kuylangan bo‘lib, butun dunyo bo‘yicha mashhurlik qozongan.
 
Xonandalar Dilso‘z, Madina Mumtoz va Feruza Karimova tomonidan qayta kuylangan qo‘shiqda Dilso‘z va Madinaning ovozi ajralib turibdi, Feruzaning esa xorij qo‘shiqlarini kuylash borasida unchalik uquvi yo‘qligini sezish qiyin emas. Ushbu qo‘shiqni saytimizning musiqa bo‘limida tinglash va ko‘chirib olish imkoniyatiga egasiz.
 
Yana qaysi xonandalarning qo‘shig‘ini tinglamoqchisiz? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Yangi Yil, MY5 | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя