Главная » 2022 » Август » 11 » MYuning sobiq direktori klubni sotib olishga tayyorlanmoqda
10:04

MYuning sobiq direktori klubni sotib olishga tayyorlanmoqda


Britaniyalik tadbirkor Maykl Nayton "Manchester Yunayted" futbol klubini Gleyzerlar oilasidan sotib olish uchun taklif tayyorlayapti, deya xabar berdi “Manchester Evening news”

Xabarga ko‘ra, tadbirkor 1989 yilda "Manchester Yunayted"ni 20 million funt sterling evaziga sotib olishga urinib ko‘rgan va taklif muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Shundan so‘ng, Nayton “Manchester Yunayted” bosh direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

"Klub inqirozga yuz tutdi va barchamiz sababini bilamiz. Klubning futbolni “zo‘r” tushunadigan va aqlbovar qilmas foydasiz egalari bor. Klubga yangi ega kerakligini hamma biladi. Men buni amalga oshirmoqchiman. Shuningdek, jamoani yaxshi moliyaviy ustun bilan taʼminlayman. Men jamoaning hozirgi egalariga qonuniy va tijoriy jihatdan ideal taklif tayyorlayapman, chunki ularning vaqti tugadi", deydi Nayton  “Man Utd The Religion”ga bergan intervyusida.

Maʼlumot uchun, "Manchester Yunayted" klubining 98 foiz aksiyalari AQShning Gleyzerlar oilasiga tegishli. 

Qayd etish kerakki, "qizil iblislar" muxlislari doimiy ravishda klub egalarining siyosatidan norozilik bildirishgan.

Maʼlumot uchun, “Manchester Yunayted” Premer liganing yangi mavsumini “Braytor”ga qarshi uchrashuvda mag‘lubiyat bilan boshladi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: tayyorlanmoqda, olishga, sobiq, klubni, sotib, MYuning, direktori | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя