Главная » 2020 » Сентябрь » 8 » Namanganda 23 yoshli qiz 2 nafar erkakni do‘pposladi
11:17

Namanganda 23 yoshli qiz 2 nafar erkakni do‘pposladi


2020-yilning 25-iyun kuni soat 17:30 da 23 yoshli G.A. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat joyi hisoblangan Norin tumani Zarbdor MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida 33 yoshli U.A., ni hech bir sababsiz qasddan qo‘llari bilan urib, oyoqlari bilan tepib, do‘pposlab tan jarohati yetkazgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Bundan tashqari, G.A. o‘zining jinoiy hatti-harakatlari davom ettirib, bezorilik harakatlarini oldini olayotgan 30 yoshli A.N. ga faol qarshilik ko‘rsatib, uning yuz qismiga qo‘llari bilan qasddan bir necha marotaba urgan.

Mazkur holat yuzasidan Norin tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan G.A., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «g» bandi (jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakili yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rgan boshqa fuqarolarga qarshilik ko‘rsatib sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Qiz, erkakni, Namanganda, do‘pposladi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz