Главная » 2021 » Май » 16 » «O‘limga hukm qilingan» ikkinchi ayiqning «qismati» haqida ma’lumot berildi
19:21

«O‘limga hukm qilingan» ikkinchi ayiqning «qismati» haqida ma’lumot berildi


Kvotada belgilangan va ov qilish uchun ruxsatnoma berilgan ikkinchi qo‘ng‘ir ayiq ov qilinmaydi. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Bioxilmaxillik va muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar masalalari bo‘yicha bosh boshqarma boshlig‘i Abdurashid Sodiqov ma’lum qildi.

«O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlarni ovlash uchun kvota O‘zbekiston Respublikasining «Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonuniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvota loyihasini ov qilishga kelib tushgan arizalar asosida 1-dan 15-noyabrgacha kelgusi yil uchun tayyorlaydi va 25-noyabrga qadar (qo‘shimcha kvota uchun 25-aprelga qadar) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga yuboradi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvota loyihasi bo‘yicha xulosani 5-dekabrga qadar (qo‘shimcha kvota uchun 5-mayga qadar) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga taqdim etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 10-dekabrga qadar (qo‘shimcha kvota uchun 10-mayga qadar) bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi asosida yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvotalarni tasdiqlaydi, kvotani taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda uni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasiga, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga (bundan buyon matnda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlari deb yuritiladi) yuboradi.

Yovvoyi hayvonlarni tutishga doir tasdiqlangan kvotalarga muvofiq ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlari 20-dekabrga qadar (qo‘shimcha kvota uchun 20-mayga qadar) kvotalarni berilgan talabnomalarga muvofiq taqsimlaydi hamda hayvonot dunyosidan foydalanishga doir ruxsatnomalarni beradi.

Rossiyalik ovchi Ye.P. Shirokovga Qo‘mita tomonidan ov qilish uchun ruxsatnoma joriy yilning 3-martdan 31-dekabr kunigacha berilgan. 2021 yil Qizil Kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqni ovlash uchun ajratilgan kvotadagi 2 ta ayiqqa ariza Rossiya fuqarosi Ye.P.Shirokovdan kelib tushganligi uchun ham ruxsatnoma unga berilgan edi. Kvotadagi ikkinchi ayiq o‘rnatilgan tartibda, ya’ni qonun ustovorligidan kelib chiqqan holda ko‘rilib, bo‘lib o‘tgan jamoatchilik e’tirozini inobatga olinib, ikkinchi ayiqni otishga ruxsat berilmaydi», — deydi Abdurashid Sodiqov.

Bo‘stonliqda O‘zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i otib o‘ldirilgani, ovga shaxsan Ekologiya qo‘mitasi rahbari ruxsat bergani to‘g‘risida xabar bergandik.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ayiqning, hukm, o‘limga, qismati | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя