Главная » 2020 » Сентябрь » 10 » O‘zbekiston eng ko‘p kimdan qarz olgani ma’lum bo‘ldi
22:34

O‘zbekiston eng ko‘p kimdan qarz olgani ma’lum bo‘ldi


2020 yil 1 iyul holatiga O‘zbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldig‘i dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 19,4 mlrd. dollar ekvivalentini yoki yalpi ichki mahsulotga (YAIM) nisbatan 34,0 foizni tashkil etdi. Bu haqda Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasining davlat qarzi holati va dinamikasi bo‘yicha sharhida aytib o'tilgan.

Xususan, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yilning I yarim yilligida davlat tashqi qarzi 1,6 mlrd. dollarga yoki yil boshiga nisbatan 10,5 foizga oshib, joriy yilning 1 iyul holatiga 17,31 mlrd. dollarga yoki YAIMga nisbatan 30,3 foizga yetdi.

Shundan:

•    Hukumat nomidan jalb qilingan tashqi qarz – 11,6 mlrd. dollar;

•    Hukumat kafolatlagan tashqi qarz – 5,7 mlrd. dollar.

Davlat ichki qarzi dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 21,6 trln. so‘mni (2,1 mlrd. dollar) yoki YAIMga nisbatan 3,7 foizni tashkil etdi.

Hukumat nomidan jalb qilingan ichki qarz – 4,3 trln. so‘m (0,4 mlrd. dollar) ga, Hukumat kafolatlagan ichki qarz – 17,3 trln. so‘m (1,7 mlrd. dollar) ga teng.

Ta’kidlanishicha, davlat qarzining so‘ngi yillardagi o‘sishi dinamikasiga qaramay, xalqaro me’yorlarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzi (YAIMga nisbatan - 34,0 foiz), shu jumladan davlat tashqi qarzi (YAIMga nisbatan - 30,3 foiz) mo‘’tadil darajada saqlanib qolmoqda.

O‘zbekiston davlat tashqi qarzi portfeli valyuta tarkibining 69,4 foizi - dollar11,9 foizi - yapon iyenasi, 10,7 foizi – SDR (maxsus qarz olish huquqlari), 4,5 foizi – yevro, 3,5 foizi - boshqa valyutalardagi tashqi qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

Davlat tashqi qarzining kreditorlar kesimida taqsimlanishi:

Osiyo taraqqiyot banki - 3,9 mlrd dollar;
Jahon banki - 3 mlrd dollar;
Xitoy eksimbanki - 2 mlrd dollar;
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi - 1,7 mlrd dollar;
Xitoy davlat taraqqiyot banki - 1,3 mlrd dollar;
Xalqaro investorlar - 1 mlrd dollar;
Islom taraqqiyot banki - 0,8 mlrd dollar;
Yaponiya xalqaro hamkorlik banki - 0,4 mlrd dollar;
Boshqa xalqaro moliyaviy tashkilotlar - 3,2 mlrd dollar.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qarz, O‘zbekiston, olgani, ma’lum bo‘ldi, eng ko‘p | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя