Главная » 2020 » Май » 13 » O‘zbekistonda benzin narxi yana arzonlashdi
17:19

O‘zbekistonda benzin narxi yana arzonlashdi


2020 yil 15 maydan boshlab “O‘zbekneftgaz“ AJ “UNG” milliy brendi ostidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida Ai-92 markali benzin narxi 500 so‘mga arzonlashib, 5000 so‘mdan sotila boshlaydi. Bu haqda bugun, 13 may kuni kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

“2020 yilning 26 mart kunidan e’tiboran Ai-92 markali benzinning narxi 6200 so‘mdan 6000 so‘mga pasaytirilgandi. 29 apreldan esa bu mahsulotning narxi 5500 so‘m deb belgilandi. 15 may kunidan boshlab Ai-92 markazi benzin narxi yana 500 so‘mga arzonlashtirildi va 5000 so‘m qilib belgilandi“ deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonning Ai-92 markazi benzini Toshkentdagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 4600 so‘mdan sotilayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Ai-80 markali benzin narxi “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 4000 so‘mdan sotilmoqda


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekistonda, narxi, arzonlashdi, Benzin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя