Главная » 2020 » Октябрь » 9 » Rasman: Tonirovka narxi arzonlashdi
19:35

Rasman: Tonirovka narxi arzonlashdi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori  bilan, tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha ayrim o‘zgarishlar kiritildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Jumladan, M1, N1 va N2 toifaga oid avtotransport vositalari orqa yon oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish uchun to‘lov stavkalari jismoniy shaxslar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari (1 mln 115 ming so‘m) etib belgilandi. Bunga qadar ushbu miqdor BHMning 10 baravari (2 mln 230 ming so‘m) edi.

Yuridik shaxslarga orqa yon oynani qoraytirish uchun to‘lov miqdori o‘zgarmagan - BHMning 10 baravari (2 mln 230 ming so‘m).

Shuningdek, orqa va old yon oynalar bo‘yicha tusini o‘zgartirishning to‘lovi miqdori ham avvalgidek saqlanib qoldi, ya’ni jismoniy va yuridik shaxslar uchun BHMning 50 baravari (11 mln 150 ming so‘m) miqdorini tashkil etadi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: arzonlashdi, tonirovka, narxi, rasman | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя