Главная » 2020 » Апрель » 29 » O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 1005 nafarga yetdi
13:53

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 1005 nafarga yetdi


Buxoro viloyatida yana 11 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 29 aprel kuni Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, shifo topganlarning barchasi Rossiyadan charter reys bilan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Ularning barchasi erkak bo‘lib, 4 nafari Qashqadaryo viloyatidan, 3 nafari Toshkent shahridan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Namangan viloyatidan 2 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 57 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 16 yosh.
 

Buxoro viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 289 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 300 nafarga yetdi. Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1005 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha virus yuqtirganlar 1955 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 8 nafari vafot etgan. Hozirda 942 kishi koronavirusdan davolanyapti.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: sog‘ayganlar, O‘zbekistonda, koronavirusdan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя