Главная » 2017 » Июль » 24 » O‘zbekistonda o‘tgan olti oyda 15 ming 106 ta oila buzildi
18:24

O‘zbekistonda o‘tgan olti oyda 15 ming 106 ta oila buzildi


Bugungi kunda oilaviy ajrimlar O‘zbekiston hukumati oldida turgan eng yirik masalalardan biri bo‘lib qolmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘zA muxbiri ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Gulnora Ma’rufovani suhbatga tortdi.

Suhbatda ma’lum qilinishicha, 2017 yilning o‘tgan olti oyi davomida respublika miqyosida 15 ming 106 oilaviy ajrim qayd etilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, oila bilan bog‘liq bunday noxush holatlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 912 taga kamaygan.

O‘tgan yili oilaviy ajrimlar borasida Toshkent shahri yetakchilik qilib, bu ko‘rsatkich rekord natijani qayd etdi va har 100 oiladan 36 tasi ajrashishgacha yetgan edi.

Ayni davrdagi tahlil natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan Toshkent shahrida bu ko‘rsatkich 981 taga kamayganini ta’kidlash mumkin. Toshkent, Farg‘ona, Jizzax, Namangan viloyatlarida ham ajrimlar ancha kamaygan. Biroq Andijon, Samarqand, Xorazm, Surxondaryo viloyatlaridagi holat qoniqarli emas.

“Har bir raqam inson taqdiriga daxldor ekanini, har bir raqam ortida otasiz yo onasiz qolgan go‘dak ko‘z yosh to‘kib turganini unutmasligimiz lozim. Oila qurish yoki ajrashish ikki insonning shaxsiy ishi emas. Kimda kim: “Istasak birga yashaymiz, istamasak ajrashamiz”, deb o‘ylasa, qattiq yanglishadi. Har bir oila davlat himoyasidadir. Qaysidir tomonning kaltabin qarori tufayli oila rishtalari uzilishiga, farzandlar sargardon bo‘lib qolishiga jamiyat jim qarab turmaydi.

Qiladigan ishlarimiz hali juda ko‘p. Ayniqsa, bu holatning yosh oilalar o‘rtasida ko‘p kuzatilayotgani, ular oilaviy hayotga tayyor emasligi bu borada olib borayotgan ishlarimiz qoniqarsiz ekanini ko‘rsatadi”, deydi O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Gulnora Ma’rufova.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Er-xotin, olti oy, Oila, 106 ta, o‘tgan, oila buzildi, 15 ming, O‘zbekiston | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя