Главная » 2020 » Август » 20 » Olimlar COVID-19 muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarida saqlanib qolish-qolmasligini aniqlashdi
20:39

Olimlar COVID-19 muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarida saqlanib qolish-qolmasligini aniqlashdi


Singapurlik olimlarning ta’kidlashicha, koronavirus muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarida kamida uch hafta saqlanishi mumkin. Tegishli maqola «bioRxiv» ilmiy nashrida chop etilgan.

«Laboratoriya tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatdiki, SARS-CoV-2 xalqaro oziq-ovqat mahsulotlari savdosida transportda tashish va saqlash bilan bog‘liq vaqt va harorat sharoitlariga bemalol bardosh beradi. SARS-CoV-2 bir bo‘lak tovuq, losos va cho‘chqa go‘shtiga qo‘shilganda Selsiy bo‘yicha +4 (standart sovitish) va Selsiy bo‘yicha -20 (standart muzlatish) darajada 21 kundan keyin ham yuqumli virus darajasi pasayishi kuzatilmadi», — deyiladi tadqiqotda.

«Import qilingan zararli oziq-ovqat mahsulotlari virusni ishchilarga yuqtirishi mumkin. Shu bois zararli oziq-ovqat mahsulotlari chaqirgan COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashni, birinchi o‘rinda, asosiy manbadan, ya’ni oziq-ovqat sanoati bilan bog‘liq joylardan boshlash kerak. Buning uchun qo‘llarni tez-tez yuvish, oziq-ovqat mahsulotlariga tegadigan buyumlarning yuzasini, material va idishlarni toza saqlash kerak», — deya ta’kidlanadi olimlarning maqolasida.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: mahsulotlarida, muzlatilgan, olimlar, covid-19, qolish-qolmasligini, oziq-ovqat, saqlanib, aniqlashdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя