Главная » 2020 » Апрель » 23 » Shuning uchun bo‘g‘iladi. Olimlar COVID-19 ning yangi asoratini aniqlashdi
16:35

Shuning uchun bo‘g‘iladi. Olimlar COVID-19 ning yangi asoratini aniqlashdi


Koronavirus infeksiyasi bemorning qon tomirlarida tromb paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin, deyiladi «MedicalXpress» nashrida chop etilgan tadqiqotda.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus qon quyuqlashishi va tromblarning hosil bo‘lishiga olib keladi va nafas funksiyasiga ta’sir o‘tkazadi. Bu esa o‘z navbatida koronavirus infeksiyasida kasallik alomatlaridan biri hisoblangan hid bilish qobiliyatining yo‘qolishiga sabab bo‘ladi.

Mutaxassislardan biri beshta bemor ana shunday quyqalar hosil bo‘lishi natijasida nafas muammosidan qiynalganini aytgan. Bemorlar qonida kislorod miqdori oshirildi, biroq bu samarasiz bo‘lib chiqdi.

COVID-19 dan qiynalayotgan bemorlarni qonni suyultiruvchi yoki trombni hosil qiluvchi preparatlar bilan muntazam davolashdan oldin qo‘shimcha tadqiqotlar olib borish kerak.

Koronavirus tufayli tromb kelib chiqish sabablari muhokama qilinmoqda. Bunda trombozni davolash COVID-19 dan qiynalayotgan bemorga yanada ko‘proq zarar yetkazib qo‘yishi mumkin. Tadqiqotlarga ko‘ra, tromblarni parchalovchi asosiy ferment — plazmin darajasi yuqori bo‘lgan odamlar COVID-19 infeksiyasining og‘irroq darajasiga moyil bo‘lishadi. Plazmin esa virusning odam hujayralari bilan oson birikishiga yordam beradi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: covid-19, yangi asoratini, aniqlashdi, olimlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя