Главная » 2020 » Май » 12 » Olimlar diabetga qarshi vaksina muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganini ma’lum qildi
10:32

Olimlar diabetga qarshi vaksina muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganini ma’lum qildi


Shvetsiya va Finlyandiyadan bir guruh olimlar birinchi turdagi diabet rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan viruslar guruhiga qarshi vaksinani ishlab chiqdi va muvaffaqiyatli tarzda sinovdan o‘tkazdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Yangi vaksina enteroviruslar oilasiga kiradigan Koksaki virusining oltita shtammidan himoya qiladi.

Odatda Koksaki virusi qichishish, tana haroratining ko‘tarilishi, diareya bilan kuzatiladi. Ayrim hollarda virus meningit va miokarditni keltirib chiqaradi.

“Ko‘plab ilmiy kuzatuvlarga ko‘ra, Koksaki virusi birinchi turdagi diabetni rivojlantirishi mumkin. Ushbu kasallikda oshqozon osti bezi insulin to‘qimalariga autoimmun hujum kuzatiladi”, — deyiladi xabarda.

Olimlar bir nechta kemiruvchilarda tajribalar o‘tkazdi. Tajribalar vaksina emlangan sichqonlarni birinchi turdagi diabetdan himoya qilganini ko‘rsatdi. Hozirda olimlar guruhi ko‘ngillilar ishtirokida vaksinani insonlarda sinab ko‘rishni rejalashtirmoqda.

Agar vaksina insonlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilsa, olimlar kelgusida uni birinchi turdagi diabetga nasliy moyilligi bo‘lgan bolalarga nisbatan qo‘llashni rejalashtirmoqda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ma’lum qildi, olimlar, sinovdan, diabetga qarshi, Muvaffaqiyatli, vaksina, o‘tkazilganini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя