Главная » 2021 » Июль » 6 » Qadrdon do‘stim edi, lekin u bilan kelishish qiyin bo‘lgan — Nazarboyev Karimovni xotirladi
23:26

Qadrdon do‘stim edi, lekin u bilan kelishish qiyin bo‘lgan — Nazarboyev Karimovni xotirladi


Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti — Elboshi Nursulton Nazarboyev O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovni “qadrdon do‘sti” sifatida eslab, u bilan hamkorlikda olib borgan faoliyati haqida gapirdi. Bu haqda “Shtrixi k portretu. Lider” filmida so‘z boradi. 

“Gapirishga noqulay. U endi yorug‘ dunyoda yo‘q. Mening qadrdon do‘stim — Islom Karimov. Uning har doim o‘z qarashi bor edi. Biroq, u bilan kelishish juda qiyin bo‘lgan”, deydi Nazarboyev.

Shuningdek, Elboshi Karimovning Qozog‘istonga esda qolarli tashrifi haqida so‘zlab berdi. 

“Lekin shunday holatlar ham bo‘lganki, u bir safar menga qo‘ng‘iroq qilib, “Oldingga bormoqchiman”, dedi. Men esa unga javoban, kun tartibini tayyorlash kerak, nima haqida gaplashamiz, tayyorgarlik ko‘rish kerak, dedim. “Hech qanday kun tartibi yo‘q, shunchaki, sen bilan ko‘rishishim kerak, bo‘ldi”, dedi. 

U bilan uchrashdim. Umuman, qalbi juda yumshoq va yaxshi inson edi, biroq shunday fe’lli. U keldi, kechqurun o‘tirdik, kunduzi suhbatlashdik, masalalarni muhokama qildik. O‘shanda juda qiziqarli holatlar bo‘lgandi”, deya Karimov bilan uchrashuvlardan birini xotiralaydi Nazarboyev.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti — Elboshi Nursulton Nazarboyev bugun, 6 iyul kuni 81 yoshni qarshiladi. Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Elboshini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov Karimov tirik bo‘lganida 83 yoshda bo‘lardi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: xotirladi, Nazarboyev, Karimovni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя