Главная » 2020 » Апрель » 29 » Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Namanganda jami 50 nafar bemor sog‘aydi
16:30

Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Namanganda jami 50 nafar bemor sog‘aydi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Namangan viloyatida jami 50 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Ular orasida 2 yoshli qizaloq bor. Bu haqda bugun, 29 aprel kuni Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xorazm va Namangan viloyatida bir yo‘la 50 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. Ularni sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Qoraqalpog‘istonda sog‘ayganlarning barchasi Qoraqalpog‘istondan (7 nafari Nukus shahridan, 3 nafari Qo‘ng‘irot tumanidan, Mo‘ynoq va Qonliko‘l tumanlaridan 1 nafardan) bo‘lib, barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olishgan. Bemorlarning 6 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 67 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2018 yilda tug‘ilgan.

Xorazmda sog‘ayganlarning barchasi joriy yil 22 mart kuni Rossiyadan charter reys bilan kelishgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Ulardan 22 nafari erkak, 5 nafari ayollardir. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridan 5 nafardan, Jizzax va Andijon viloyatlaridan 3 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlaridan 2 nafardan, Toshkent, Namangan viloyatlari va Toshkent shahridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 50 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.

Shuningdek, Namangan viloyatida sog‘ayganlarning barchasi Namangandan (9 nafari Namangan shahridan, Uchqo‘rg‘on va Namangan tumanlaridan 1 nafardan) bo‘lib, 2 nafari Turkiyadan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Qolgan 9 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlarning 4 nafari erkak, 7 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 67 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 12 yoshda.

Shunday qilib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 1055 nafarni tashkil etmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Qoraqalpog‘iston, bemor sog‘aydi, Xorazm Namanganda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя