Главная » 2020 » Апрель » 24 » Samarqanddan xushxabar. Yana 4 nafar bemor sog‘aydi
21:43

Samarqanddan xushxabar. Yana 4 nafar bemor sog‘aydi


Samarqand viloyatida davolanayotgan 4 nafar bemor koronavirus kasalligidan butkul tuzaldi. Bu haqda bugun, 24 aprel kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Andijon, Buxoro, Farg‘ona, Namangan, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatlari safiga endilikda Samarqand viloyati ham qo‘shildi. Ayni paytda Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan 4 nafar bemor butkul sog‘aydi“, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, sog‘ayganlarning barchasi ushbu infeksiyaga chalinganlar bilan yaqin muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan.Ularning 2 nafari erkak, 2 nafari esa voyaga yetmagan bola , barchasi Samarqand viloyatidan. So‘nggi tekshiruvlar ularda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatgan.

Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar 621 nafarga yetdi.

Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha bemorlarning 8 nafari vafot etgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Samarqanddan xushxabar, bemor sog‘aydi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя