Главная » 2016 » Декабрь » 9 » Qosh shakli yuzingizga mosmi? Urfda qalin Qoshlar!
17:26

Qosh shakli yuzingizga mosmi? Urfda qalin Qoshlar!


Bugun tabiiy ko‘rinishdagi yoyilgan qoshlar urfda bo‘lib, ingichga terilgan, bo‘yalgani yaqqol bilinganlariga talab unchalik emas.

 

ShAKLINI ANIQLAYMIZ!

Mustaqil ravishda qoshning qanot qismini belgilash mumkin. Buning uchun burun teshigining yuqori qismidan ko‘zning o‘rta qismigacha chiziq o‘tkazing. So‘ng chiziqni yuqoriga, ya’ni qosh tarafga qarab davom ettiring.

 

Kulcha yuzlilarga...

Qirra qanotli qosh shakli mos kelmaydi. Bu holatda yuz qismlari bir-biriga nomutanosib ko‘rinishi mumkin. Qoshingizga shakl berayotganda qirrasiz terilishiga diqqat qiling.

 

Yonoq suyaklari bo‘rtib chiqqan...

Bu holatda yumaloq shaklda terilgan qosh shaklini tanlashingiz mumkin. Qoshning boshlang‘ich qismi xiyol kengroq, oxiri esa ingichkaroq bo‘lgani ma’qul.

 

Yuz shakli uzunchoq bo‘lsa...

Yuzingizni xiyol dumaloq ko‘rinishga keltirish uchun qosh shakli qirrasiz, tekisroq bo‘lishi kerak. Eng muhimi qosh ingichka terilmasligi lozim

 

O‘ZINGIZGA MOSINI TANLANG!

«Qanotli»

Uchburchak shakldagi yuz tuzilishiga mos bo‘lib, diqqat qilsangiz, qoshning boshlanish nuqtasi hamda oxiri bir xil balandlikda ekanini ko‘rasiz.

«To‘g‘ri chiziqda»

Oval shakldagi yuz tuzilishi uchun ayni muddao. Yuqoriga taralgan qoshlar, bir tarafi salgina ko‘tarilgan.

«Yoysimon»

Bu kabi qosh ko‘rinishi kvadrat yuz shaklini nafisroq qilishi mumkin. Asosiy sharti esa juda ingichga terilmasligidir.

PARVARIShLASh

Bir haftada bir marta zaytun, kanakunjut hamda o‘simlik moyi yordamida qoshlarni parvarishlab turing. Buning uchun yog‘lardan birini bug‘li vannada ilitib, paxtaga surting. So‘ngra qoshlar ustiga qo‘ying-da, 10-15 daqiqaga qoldiring.

Har kuni yuzdan pardozni tozalab olgach, qo‘l barmoqlari yordamida qosh ustini yengil uqalang. Bu muolaja ushbu sohada qon aylanishini yaxshilab, terini yaxshilaydi. Shu bilan birga qosh ko‘rinishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: Qosh shakli, qosh, yuz | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя