Главная » 2020 » Апрель » 12 » Ramzan Qodirov karantinni buzuvchilar uchun yangi jazo o‘ylab topdi
22:47

Ramzan Qodirov karantinni buzuvchilar uchun yangi jazo o‘ylab topdi


Checheniston rahbari Ramzan Qodirov «o‘z-o‘zini yakkalash» tizimini buzganlar uchun yangi jazo o‘ylab topdi. U karantinga amal qilmaganlarni qishloq xo‘jaligi ishlariga jo‘natishni taklif qilmoqda.

Qodirovning fikriga ko‘ra, birgina odam tufayli butun oilani jazolash to‘g‘ri emas. Shu sababli qoidabuzar jamiyat oldidagi aybini boshqacha uslubda yuvadi. «Uyida o‘tira olmadimi, ko‘chaga chiqdimi? Demak kun bo‘yi dalada mehnat qilib, jamiyatga foyda keltirsin. Biz bundaylarga ish topib beramiz. Dalada yer haydasin, ekin eksin va chopiq qilsin», — deydi Qodirov.

Eslatib o‘tamiz, Checheniston Rossiya federatsiyasi tarkibida birinchi bo‘lib o‘z hududiga kirish va chiqishni yopgan edi. Qodirov boshqa hududlardagi Checheniston aholisini 5 aprelga qadar o‘z uyiga qaytishga chaqirdi. Ushbu cheklov yuk transportlariga aloqador emas.

Shu bilan birgalikda fuqarolarga tunda ko‘chaga chiqish taqiqlangan. Ramzan Qodirovning fikricha, bu komendantlik soati emas, balki «harakat to‘xtatilishi»dir.

Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda Chechenistonda 43 kishi koronavirusga chalingan va ulardan 3 kishi vafot etgan bo‘lib, 15 bemor tuzalib ketgan. Rossiya bo‘yicha esa 15770 kishi kasallikdan aziyat chekmoqda.

Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Ramzan Qodirov, karantinni buzuvchilar, yangi jazo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя