Главная » 2018 » Май » 2 » “Real” bir nechta rekordlarni yangiladi
18:04

“Real” bir nechta rekordlarni yangiladi


Madridning “Real” klubi ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, “Bavariya”ni mag‘lub etib, YeChL finaliga yo‘llanma oldi.

“Real” musobaqa finaliga ketma-ket 3-marta yo‘llanma olgan 3-jamoaga aylandi. Avvalroq, ushbu natijani “Milan” (1993-1995) va “Yuventus” (1996-1998) klublari qayd etgandi.

Bundan tashqari, ushbu final “Real” uchun so‘nggi 5 yildagi 4-final bo‘ldi. Chempionlar kubokida ushbu natijani faqat “Ayaks” (1969-1971, 1972-1973) amalga oshira olgan xolos.

“Real” 12 marta Chempionlar Kubogi va ligasini qo‘lga kiritgan bo‘lib, “qirollik klubi” so‘nggi 5 yilda 3 marta (2013, 2016, 2017) musobaqa g‘olibiga aylandi.

Bundan tashqari, Madrid jamoasi o‘z maydonida Yevrokuboklar doirasidagi o‘yinlar ketma-ket 42-golini urdi. Ushbu rekord avval “Tottenxem”ga (1961, 1984) tegishli edi, “qirollik klubi” bu borada “shporlar” rekordini takrorladi. Qiziqarlisi “Tottenxem”ning golli seriyalariga 1985 yil “Real” yakun yasagan edi. 0:1.

Akmalxon Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: rekordlar, real, bir nechta, yangiladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя