Главная » 2020 » Август » 13 » Rossiyada chiqarilgan vaksina qancha vaqtgacha virusdan himoya qilishi aytildi
20:42

Rossiyada chiqarilgan vaksina qancha vaqtgacha virusdan himoya qilishi aytildi


Rossiyada ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksina biror tanaga yuborilgandan keyin o‘z kuchini ikki yilgacha saqlab qoladi. Bu haqda Gamalei nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya markazi rahbari Aleksandr Ginsburg ma’lum qildi. 

“Vaksinaning faoliyati davomiyligi, uning himoya xususiyatlari qisqa vaqt – olti oy yoki bir yil emas, balki ikki yil davom etadi”, deydi u. 

11 avgust kuni Rossiya koronavirusga qarshi ilk vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazdi. Rossiyadagi koronavirusga qarshi ilk vaksina “Sputnik V” deb nomlangan. Vaksinaga navbatda turgan davlatlar qatorida Lotin Amerikasi, Yaqin Sharq va Osiyo davlatlari bor. Rossiyaga 20 davlatdan koronavirus vaksinasiga 1 mlrd doza uchun buyurtma tushgan. Ginsburg so‘zida davom etarkan, boshqa mamlakatlardan bo‘layotgani tanqidiy munosabatlarga ham to‘xtaldi. 

“Agar Rossiya vaksinasi ortidan muayyan odamlar va muayyan firmalar millardlab dollarni boy bersa, ulardan yana qanday munosabat kutyapsiz? Menimcha, ularning munosabati juda normal”, deydi mutaxassis. 

Qayd etilishicha, to‘liq xavfsizlik bo‘lgan ikki komponentli ushbu vaksinalar tayyorlash bo‘yicha xavfsizlik normalariga va barcha qonunlarga rioya qilingan holda tayyorlangan. 

“Biz tayyorlagan vaksina Amerika va G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridagi vaksinalardan farq qiladi. Bizniki ikki komponentlidir”, deydi Ginsburg. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: vaksina, himoya qilishi, Rossiyada, virusdan, chiqarilgan, aytildi, qancha vaqtgacha | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя