Главная » 2021 » Октябрь » 27 » Rossiyada prokurorning boshiga arqon bog‘lab, mashinada sudrashdi (video)
08:04

Rossiyada prokurorning boshiga arqon bog‘lab, mashinada sudrashdi (video)


Qo‘rg‘on viloyatida prokuror o‘rinbosarini boshidan mashinaga bog‘lab, yerda sudrab olib ketishgan. Kuzatuv kameralaridagi videoni Baza Telegram kanali e’lon qildi.

Hodisa 13-oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sha kuni kechqurun Dalmatovskiy tumani prokurori o‘rinbosari Dmitriy Dedulya Graviyniy qishlog‘idagi «Svetlana» kafesida dam olayotgan edi. Ziyofat chog‘ida turmush o‘rtog‘ining jiyani Amanjo‘l Sautboyev bilan o‘rtasida nizo kelib chiqqan. Mushtlashuv boshlangan va unda Sautboyev raqibini mag‘lub etgan.

Baza xabariga ko‘ra, janjaldan keyin Sautboyev prokurorning boshiga arqon o‘tkazib, uni mashinaga bog‘lagan va Dedulyani yerda sudray boshlagan. Prokuror o‘rinbosari jarohat olgan bo‘lishiga qaramay, tirik qolgan.

112-telegram-kanali ma’lumotiga ko‘ra, janjal Dedulyaning Sautboyev mashinasiga pivo to‘kib yuborgani sababli kelib chiqqan. Prokuratura xodimi qarindoshidan o‘ch olmagan, ariza yozmagan.

Ayni vaqtda Sautboyev hibsga olinib, unga nisbatan odam o‘ldirishga suiqasd moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


VIDEONI KO'RISH

Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: sudrashdi, prokurorning, bog‘lab, (VIDEO), mashinada, Rossiyada | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя