Главная » 2020 » Декабрь » 16 » Samvel Babayan O‘zbekistonga qaytmoqda. Uning yangi ish joyi ham ma’lum!
22:42

Samvel Babayan O‘zbekistonga qaytmoqda. Uning yangi ish joyi ham ma’lum!


O‘zbekiston milliy terma jamoasi, "Paxtakor" va "Lokomotiv" klublaridagi faoliyati bilan muxlislarga yaxshi tanilgan bosh murabbiy Samvel Babayan Xitoydan O‘zbekistonga qaytmoqda.

Murabbiy tez orada Namanganning "Navbahor" klubi bilan shartnoma imzolaydi, deb xabar berdi “Tribuna.uz” nashri.

49 yoshli mutaxassis allaqachon "Navbahor" klubi rahbariyati va homiylari bilan uchrashuv o‘tkazishga ulgurgan. Ikki kundan so‘ng, aniqrog‘i 18 dekabr kuni Samvel Vyacheslavovich Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkatjon Abdurazzoqov qabulida bo‘lib, "Navbahor" klubida ish boshlash masalasida yakuniy uchrashuvni o‘tkazadi. Babayan bilan rasman kelishuvga erishilsa, uning oldiga "Navbahor" klubini 2021 yilgi mavsumda sovrindorlar safiga olib chiqish vazifasi qo‘yiladi.

Samvel Babayanning mamlakatimizdagi so‘nggi jamoasi "Lokomotiv" bo‘lgan edi. Shundan so‘ng u Xitoyning "Chanchun Yatay" klubida faoliyat yuritdi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Samvel Babayan, qaytmoqda, O‘zbekistonga | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя