Главная » 2016 » Октябрь » 28 » Sevib qoldingiz! Mana, buning 15 isboti!
19:48

Sevib qoldingiz! Mana, buning 15 isboti!


Dabdurustdan ro‘y beradigan voqealar har doim ham yoqimli bo‘lavermaydi. Lekin istisno holatlar ham borligini inkor etolmaymiz. Masalan, sevgi-muhabbat borasida. Dugonajon,  siz qanchalik tan olishdan bosh tortmang, sevib qolganingizni ko‘zlaringiz oshkor etyapti. So‘zlarimizga ishonmayapsizmi?..

1. Kardiogramma natijalariga ko‘ra, yuragingiz urishi o‘zgargan. Bu o‘zgarishga kasallik emas, balki kimdir sababchi.

2. Xayolan o‘z familiyangizdan voz kechib, ismingiz «u»ning familiyasi bilan qanday jaranglashini takror va takror o‘ylayverasiz.

3. Ijtimoiy saytlarga tez-tez kiradigan bo‘lib qolgansiz. Har kirganingizda «u»ning profillarida mehmon bo‘lmasdan ketolmaysiz. Vaziyat shu darajadaki, “u” haqidagi ma’lumotlarni uyqudaligingizda so‘rashsa ham aniq aytib bera olasiz.

4. Har ehtimolga qarshi shkafingizdagi uchta eng-eng chiroyli, bejirim ko‘ylaklarni yuvib, dazmollab qo‘ygansiz. Birinchi, ikkinchi va uchinchi uchrashuvlarga tayyor turishni ma’qul ko‘rgansiz, shundaymi?

5. Melodrama janridagi filmlar, romantikaga boy asarlarga befarqligingiz qaerda qoldi? Endi esa ularni ertadan kechgacha tomosha qilishdan, o‘qishdan charchamayapsiz. 

6. Internetda o‘tirib «u»ning ismi yonidagi ICQ belgisi qachon yashil rangda yonishini kutishdan charchamasligingizga tasanno.

7. Sizga o‘z ishi bilan qo‘ng‘iroq qilgan yaqin dugonangizga bir soat davomida faqatgina bir mavzu, “u” haqida tinmay gapirasiz. Xayrlashish oldidan esa aslida nimaga qo‘ng‘iroq qilganini so‘rashingizga dugonangiz o‘rganib qolgan bo‘lsa kerak?

8. Har doimgidan ertaroq uyg‘onib, pardoz, turmak va kiyimlaringizga ko‘proq vaqt ajratyapsizmi? To‘g‘ri-da, axir “u”ni har daqiqada uchratib qolish ehtimoli bo‘lsa.

9. “U” yoqtirgan musiqa guruhining hamma qo‘shiqlarini erinmay birma-bir eshitib chiqdingiz, to‘g‘rimi? Qoyil!

10. Nutqidagi har bir so‘z, hattoki, “Salom” ham siz uchun xuddi hushomaddek tuyuladi.

11. Jurnal yoki gazetani qo‘lga olishingiz bilan, eng avvalo, uning burji uchun berilgan munajjimlar bashoratiga ko‘z yugurtirib, o‘zingizniki bilan bog‘lashga harakat qilasiz.

12. Uzoq o‘ylab aniq bir qarorga kelgansiz: tug‘ilgan kuniga va tanishgan kuningizning bir yilligiga nima sovg‘a olishni rejalashtirib qo‘yganingizga ancha bo‘ldi.

13. Qisqagina suhbatingiz davomida “Ko‘rinishim qanday?” degan savol miyangizda tinimsiz aylanishidan hayronmisiz?

14. Biron tadbir yoki kechada uni uchratib qolsangiz, tinchligingiz yo‘qoladi. “Salomlashaymi yoki yo‘q? Oldiga borsammikan? Yoki meni ko‘rib qolishini kutaymi? Meni ko‘rgani bilan raqsga taklif qilarmikan? Balki u meni haqimda umuman o‘ylamayotgandir!» degan xayollar sizni qiynaganidan o‘zingizni qaerga qo‘yishni bilmaysiz.

15. Sevgi-muhabbat borasida gap ketganda, dugonalaringizni “oh-voh”lariga ensa qotirib o‘tirishlaringiz qaerda qoldi?

 

Jimsiz... Demak, gaplarimiz yolg‘on emasligi aniq. Sevgi siz uchun begona bo‘lmasa, dunyodagi baxtli insonlardan birisiz. Axir sevib-sevilishga, baxtli bo‘lishga har birimiz loyiqmiz.

DILNOZA tayyorladi


Manba: "darakchi.uz"

Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @tarona_tv manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: Sevgi dunyosi | | Теги: Sevib qoldingiz, sevgi | Рейтинг: 5.0/1

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя