Главная » 2020 » Апрель » 30 » Shodmonov koronavirusga qarshi kurashgan yana bir guruh shifokorlarni reabilitatsiyaga kuzatdi
15:31

Shodmonov koronavirusga qarshi kurashgan yana bir guruh shifokorlarni reabilitatsiyaga kuzatdi


Bugun poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasining koronavirus infeksiyasiga qarshi qahramonlarcha kurashgan bir guruh tibbiyot xodimlari Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov boshchiligida yuksak ehtirom bilan kuzatildi. Endilikda ular o‘rnida navbatdagi qahramon tibbiyot xodimlari faoliyat boshlashadi.

Davlatimiz rahbari so‘nggi kunlarda o‘tkazilgan barcha videoselektor yig‘ilishlari, jumladan, kechagi pandemiya davrida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatni ta’minlash va narx-navo barqarorligini saqlash maslalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ham epidemiologik vaziyatga va pandemiyaga qarshi kurashda o‘zning munosib hissasini qo‘shayotgan tibbiyot xodimlari mehnatini alohida e’tirof etdilar.

Jumladan, «Fursatdan foydalanib, pandemiyaga qarshi kurashning oldingi saflarida chinakam qahramonlik ko‘rsatayotgan barcha shifokorlarimizga, shu jumladan, tez yordam xizmati xodimlari va haydovchilariga alohida minnatdorchilik bildiraman», deya soha vakillarining matonatli faoliyatiga alohida urg‘u berdilar.

Shuningdek, Prezident qarori bilan sanitariya-epidemiologiya xizmatining qariyb 11 ming nafarga yaqin barcha toifadagi tibbiyot xodimlarining ish haqi 2,5 baravarga oshirildi. Bu ham bo‘lsa, mamlakatimizdagi tibbiyot xodimlarining bugungi kunda kasallikka qarshi olib borayotgan mashaqqatli va o‘ta mas’uliyatli mehnatini munosib qadrlash hamda rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Ana shunday yuksak ehtirom va e’tibor koronavirus infeksiyasiga qarshi mardona kurashayotgan qahramon shifokorlarimiz uchun ulkan rag‘bat va kuch bo‘lishi shubhasiz.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: shifokorlarni, reabilitatsiyaga kuzatdi, koronavirusga, qarshi kurashgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя