Главная » 2016 » Декабрь » 19 » Shohruhxon “Malikam” nomli qo‘shiq yaratdi
15:09

Shohruhxon “Malikam” nomli qo‘shiq yaratdi


Hozirgi kunda fevral oyida bo‘lib o‘tadigan “Shaydo” nomli konsert dasturiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan xonanda Shohruhxon, dastur uchun yana bir yangi qo‘shiq yaratdi. Bu tarona “Malikam” deb nomlangan bo‘lib, bu haqida xonandaning o‘zi instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali xabar qoldirdi. Kompozisiyadan keltirilgan parchadan so‘ng, uning kuzatuvchilari taronaga baho bera boshlashdi. Hattoki, bu kompozisiyani qaerdan ko‘chirib tinglash mumkinligini ketma-ket so‘rashmoqda.

Bu musiqiy asar haqiqatdan ham o‘zgacha, romantik ruhda yaratilgan bo‘lib, uni Shohruhxonning konsert dasturida tinglashingiz mumkin bo‘ladi. Balki, konsert oldidan muxlislarga taqdim etilar. Hozircha bu noma’lum. Biroq ishonch bilan shuni aytishimiz mumkinki, bu tarona xonandaning boshqa qo‘shiqlari singari xit darajasiga chiqadi. Shohruhxonga omad tilab, uning ijodidagi yangiliklarni kuzatishda davom eting. Bizdan aslo yiroqlashmang.


Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Malikam, Shohruhxon | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя