Главная » 2017 » Январь » 4 » Shohruhxon xizmat haqini to‘lamagan to‘y egasiga qanday javob qaytardi?
17:57

Shohruhxon xizmat haqini to‘lamagan to‘y egasiga qanday javob qaytardi?


Shohruhxon puli to‘lanmagan to‘yda xizmat qilib, to‘y egalarini xursand qilgani haqida so‘zlab berdi. 

Xonanda Shohruhxon “Darakchi” gazetasining 2017 yildagi ilk soni mehmoni bo‘ldi va ko‘plab qiziqarli savollarga javob berdi. 
Xususan, xonanda faoliyati davomida to‘ylarda tekinga xizmat qilgan hollari ham bo‘lganini aytib o‘tdi: 

“Bunday vaziyat ko‘p bo‘lmaydiyu, lekin uchrab turadi. Shunday holatlardan biri yodimda qolgan. To‘yxonaga borganimizda to‘y egasi ‘Sizga bugun xizmat haqqingizni berishim kerak edi. Lekin bor pulimni to‘yxonaning ijarasiga berdim. Uzr, sizni ovora qildim’, degan. Shunda sozandalarimga ‘Yuringlar, qo‘shiq aytib bersak, bizdan hech nima ketmaydi!’ deya to‘y egalarini xursand qilgandik”. 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: to‘y egasi, Shohruhxon, xizmat haqini to‘lamagan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя