Главная » 2021 » Октябрь » 14 » «Shomurodovga atayin sariq ol degandim, u esa...»
13:33

«Shomurodovga atayin sariq ol degandim, u esa...»


Ayni paytda Rossiya terma jamoasini boshqarayotgan Valeriy Karpin «Rostov»da ishlab yurgan kezlari futbolchilarga muhim bo‘lmagan o‘yinni o‘tkazib yuborish uchun sariq kartochka olishini buyurganini tan oldi.

— Shomurodov va Kariokaga shunaqa topshiriq berganman. Shomurodov sariq olish uchun 10 daqiqa nima qilishini bilmay yugurib yurdi. Eng oddiy usul, hakam hushtagini chalganda to‘pni oldiga turib olib, uni o‘yinga kiritishga halaqit qilish. Sudya to‘pni qarshisidan qochish kerakligi haqida avval og‘zaki ogohlantiradi, sen ketmaysan va u sariq kartochka ko‘rsatadi. Shuning o‘zi yetarli.

Shomurodov esa raqibni ortidan quvib, bir zarba bilan uni o‘ldirib qo‘yay degandi. Hakam Eldorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil ko‘rsatishiga bir bahya qolgandi, — deb eslaydi Valeriy Karpin.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Shomurodov, sariq | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя