Главная » 2018 » Январь » 30 » Sirdaryoda sifati kafolatlanmagan dori vositalari ushlab qolindi
20:10

Sirdaryoda sifati kafolatlanmagan dori vositalari ushlab qolindi


Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi hamda viloyat huquq-tartibot idoralari xodimlari hamkorligida tibbiy dori vositalarining noqonuniy harakatiga oid tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Toshkent – Buxoro yo‘nalishida harakatlanayotgan X.U. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib tekshirilganda, uning yukxonasida qayerda ishlab chiqarilgani noma’lum va sifati to‘g‘risida hech qanday tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan hamda o‘zbek tilida markirovkalanmagan 14 turdagi tibbiy dori vositalari topildi.

Fuqaro X.U. ko‘rsatmasiga ko‘ra, ushbu dori vositalarini unga Toshkent shahrida yashovchi Malika ismli qiz Nukus shahrida yashovchi Guli ismli ayolga yetkazib berishni so‘ragan.

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiya davlat markazi davlat unitar korxonasi xulosasiga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida olingan ushbu dori vositalarining sotilishi taqiqlangan va tibbiyotda qo‘llanilishiga ruxsat etilmagan. Inson hayoti va sog‘ligiga bo‘lgan samarasi kafolatli emasligi aniqlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: sifat, dori | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя