Главная » 2020 » Май » 3 » So‘nggi 12 kun davomida kasal bo‘lganlar va tuzalganlar tafovuti qanday?
10:23

So‘nggi 12 kun davomida kasal bo‘lganlar va tuzalganlar tafovuti qanday?


Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan so‘nggi 12 kun davomida koronavirus kasaliga chalinganlar va sog‘ayib borayotganlar o‘rtasidagi tafovut solishtirib chiqildi.

Unga ko‘ra, mamlakatimizda qatorasiga o‘n ikki kun davomida COVID-19 infeksiyasidan sog‘ayganlar soni kasallanganlar sonidan ko‘p bo‘lganini ko‘rish mumkin. Faqat ushbu oraliq muddatning o‘ninchi kuni ikki holat ham tenglashdi.

Yurtimizda eng ko‘p sog‘ayganlar 23 aprel sanasiga to‘g‘ri keladi. O‘sha kuni 111 kishi tuzalib, kasalxonadan chiqarilgan. Ushbu muddat oralig‘ida eng kam zararlanganlar 26 aprel kuni qayd etilgan. Bu sanada faqat 7 kishida kasallik aniqlangan.



Kecha, 2 may sanasida 32 kishida kasallik aniqlangan bo‘lsa, 59 kishi sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi 2 may soat 23:00 da bergan ma’lumotga ko‘ra, mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar umumiy soni 2118 nafarga yetdi: shifo topganlar — 1271 nafar, vafot etganlar — 9 nafar.

Ayni vaqtda 838 kishi davolanishda bo‘lib turibdi.

Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: tuzalganlar, kasal bo‘lganlar, tafovuti | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя