Главная » 2020 » Июнь » 30 » “Tashkent city”da koronavirus aniqlandi
15:49

“Tashkent city”da koronavirus aniqlandi


Toshkent shahrida aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari hamon qayd etilib, boshqa hududlarga qaraganda yuqori bo‘lib turibdi. Xususan, 29 iyun kuni esa 274 nafar bemordan 30 nafari aholi orasida tasdiqlanib, shundan 20 nafari Toshkent shahrida aniqlandi. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi TOshkent shahrida aholi orasida aniqlangan holatlar bo‘yicha ma’lumot berdi. Unga ko‘ra:

•    Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi yashovchi Sh.G‘.da;

•    Shayxontohur, Mirobod, Yunusobod, Sergeli va Uchtepa tumanlarida yashovchi 8 nafar fuqaroda (tana harorati ko‘tarilganligi sababli namuna topshirgan);

•    Mirobod tumanidagi xususiy oyoq kiyim ta’mirlash ustaxonasi egasi U.U.da;

•    “Megaplanet” savdo majmuasidagi “Sofiya” shirinlik do‘koni ishchisi D.T.da;

•    Sergeli tumanidagi “ENTER Engineering” kompaniyasi hisobchisi N.M.da (tana harorati ko‘tarilganligi sababli namuna topshirgan);

•    Respublika o‘smirlar va chaqiriluvchi yoshlarga tibbiy yordam tashkil etish markazi muqobil tibbiy komissiyasi hamshirasi Sh.Sh.da (tana harorati ko‘tarilganligi sababli namuna topshirgan);

•    Toshkent shahridagi “Kristal” savdo markazi kiyim-kechak do‘koni sotuvchisi U.R.da (Qozog‘istonga ketayotganligi uchun namuna topshirgan);

•    Yunusobod tumanida yashovchi U.B.da (Yunusobod dehqon bozoriga borgandan keyin tana harorati ko‘tarilganligi sababli namuna topshirgan);

•    “Abu Saxiy” savdo markazi xodimi S.Q.da (tana harorati ko‘tarilganligi sababli murojaat qilgan);

•    “Tashkent city” qurilish ob’ekti oshpazi M.M.da (tana harorati ko‘tarilganligi sababli namuna topshirgan) ham koronavirus qayd etilgan.

Vaziyat tobora jiddiylashayotganini hisobga olib, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yil 1 iyuldan boshlab, qator karantin cheklovlari joriy etilmoqda. Jumladan, jamoat joylarida uch kishidan ortiq to‘planish, tunda esa ko‘chalarda, ko‘p qavatli uylar va hovlilar oldida bo‘lish taqiqlanmoqda. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: “Tashkent city”da, koronavirus aniqlandi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя