Главная » 2020 » Июнь » 23 » Bugun 8 hududda aholi orasida koronavirus aniqlandi
00:02

Bugun 8 hududda aholi orasida koronavirus aniqlandi


Bugun, 23 iyun kuni O‘zbekistonda 201 holatda kasallik qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Shundan 168 nafari Karantin muassasalarida, 30 nafari aholi orasida (shundan 9 nafari Toshkent shahrida, 6 nafari Xorazm viloyatida, 4 nafari Qashqadaryo viloyatida, 3 nafardan Namangan va Toshkent viloyatida, 2 nafardan Andijon va Surxondaryo viloyatida, 1 nafar esa Sirdaryo viloyatida), qolgan 3 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Kun davomida 110 nafar fuqaro sog‘aydi. Ular Toshkent shahri va Samarqand viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 6662 nafar bemordan 4560 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 68 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2083 nafar bemordan 17 nafari og‘ir, 4 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatda uy karantinida 36 294 nafar, statsionar karantinda esa 22 656 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: 8 hududda, Bugun, aholi orasida, koronavirus aniqlandi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя