Главная » 2017 » Сентябрь » 1 » Tatyana Karimova Islom Karimovning vasiyatini xalqqa etkazdi(audio)
21:32

Tatyana Karimova Islom Karimovning vasiyatini xalqqa etkazdi(audio)


Bugun, 31 avgust kuni Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohi oldida O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning haykali ochildi. Mazkur marosimda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova ishtirok etdi.

Tatyana Karimovaning Islom Karimovning vasiyati haqidagi so`zlari qalblarni larzaga keltirdi.

"O`z nutqimni Islom Abdug`anievich Karimovning Mustaqilligimizning 25 yilligi munosabati bilan o`zbek xalqiga atab yozgan, biroq o`qishga ulgurmagan tabrigidagi quyidagi so`zlar bilan yakunlamoqchiman. Bu uning nafaqat tabrigi, balki uning vasiyati hamdir",—dedi Tatyana Karimova.

"Bu ishlarimizni Yaratganning o`zi qo`llasin, o`zi madadkor bo`lsin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo`lsin. Mustaqilligimiz abadiy bo`lsin.Rahmat",—deya o`qib eshittirdi Tatyana Karimova.

 


VIDEONI KO'RISH

Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Islom, Tatyana, vasiyatini xalqqa etkazdi(audio), Karimovning, Karimova | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя