Главная » 2020 » Август » 31 » TikTok'dagi video Toshkentdagi qoidabuzarlikni fosh qildi
18:10

TikTok'dagi video Toshkentdagi qoidabuzarlikni fosh qildi


TikTok ijtimoiy tarmog‘ida Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari foydalanuvchilardan birining videosiga e’tibor qaratishdi. Video muallifi do‘stlariga avtomobil davlat raqamini yashiruvchi avtomatlashtirilgan pardachani “namoyish” qilgan.

Toshkent shahar IIBBning ma’lum qilishicha, mazkur “Lacetti” rusumli avtomobilning (davlat raqami 01 J 703 VA) turar joyi va haydovchisi – poytaxtda yashovchi 36 yoshli Saidbek A. ekanligi aniqlandi. Tekshiruv davomida davlat raqamidagi pardachadan tashqari yorituvchi moslamalardan foydalanish qoidalari ham buzilganligi qayd etildi. Ikki nafar xolislar ishtirokida o‘rnatilgan moslamalar yechildi. Avtomobil jarima maydonchasiga joylandi, haydovchiga nisbatan ma’muriy jarima belgilandi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: video, qoidabuzarlikni, TikTok'dagi, Toshkentdagi, fosh qildi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя