Главная » 2017 » Март » 12 » Toshkentda 9-sinf o‘quvchisi o‘z sinfdoshining onasini o‘ldirib qo‘ydi
13:08

Toshkentda 9-sinf o‘quvchisi o‘z sinfdoshining onasini o‘ldirib qo‘ydi


So‘nggi vaqtlarda voyaga yetmaganlar o‘rtasida og‘ir turdagi jinoyatlarning urchib borayotgani butun jamiyatimizga xavf tug‘dirmoqda. Shu hafta Toshkent shahrida voyaga yetmagan shaxs ishtirokida mudhish qotillik qayd etildi.

“Qalampir.uz”ga berilgan xabarlarga qaraganda, Toshkent shahar Olmazor tumanidagi maktablardan birida 9-sinf o‘quvchisi o‘z sinfdoshining onasini o‘tkir tig‘li qurol orqali o‘ldirib qo‘ygan. Bu voqea Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan tasdiqlandi.

Gap shundaki, qotillikni sodir etgan maktab o‘quvchisi sinfdoshi bilan uning uyida ko‘rishmoqchi bo‘lgan va darslardan so‘ng sinfdoshining uyiga borgan. Uyda esa sinfdoshining onasi bo‘lgan, xolos. Bu orada do‘stining onasi bilan kelishmovchilikka borib qolgan yigitcha tig‘li qurol bilan sinfdoshining onasiga tan jarohati yetkazadi va uning qotiliga aylanadi.

Ayni damda mazkur jinoiy ish yuzasidan qator organlar, xususan, Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Yigitcha qo‘lga olingan, unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani aytilmoqda.

Huquq-tartibot organlaridan ma’lum qilishlaricha, yigitcha qotillikka qo‘l urgan vaqtda dars mashg‘ulotlarida bo‘lishi kerak bo‘lgan. Tasdig‘ini topmagan ma’lumotlarga qaraganda, o‘qituvchi so‘nggi dars soatlaridan o‘quvchilarni ozod qilib, uyga javob berib yuborgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkentda, onasini o‘ldirib qo‘ydi, 9-sinf o‘quvchisi, o‘z sinfdoshi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя