Главная » 2020 » Сентябрь » 17 » Toshkentda bir vaqtning o‘zida ikki kafeda yong‘in chiqdi
12:20

Toshkentda bir vaqtning o‘zida ikki kafeda yong‘in chiqdi


Bugun, 17 sentyabr kuni Toshkent shahrining Mirobod va Chilonzor tumanlarida joylashgan oshxonalarda bir vaqtning o‘zida yong‘in kelib chiqqan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in oqibatida “Buxoro” kafesining oshxonasi hamda Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasida joylashgan “Bistrof” kafesining qariyb 190 kv m ga zarar yetgan.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 8 ta yong‘in o‘chirish ekipaji hamda 2 avtonarvon zudlik bilan voqea joyiga yetib kelgan. Yong‘in-qutqaruchilarining olib borgan tezkor sa’y-harakatlari natijasida binolarning 430 kv.m. maydoni saqlab qolingan. 

“Jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumotlar kelib tushmagan. Yong‘inning kelib chiqish sabablari ayni vaqtda o‘rganilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: kafeda, yong‘in chiqdi, Toshkentda, bir vaqtning o‘zida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя