Главная » 2017 » Сентябрь » 1 » Toshkentda Huawei MediaPad t3 plansheti 1,5 mln so‘mdan sotuvga chiqdi
19:47

Toshkentda Huawei MediaPad t3 plansheti 1,5 mln so‘mdan sotuvga chiqdi


O‘zbekistonda Huawei kompaniyasining yangi MediaPad t3 (7.0) arzon planshet kompyuteri sotila boshladi, deb yozadi “Mobinfo.uz”. Planshetning SIM-karta uchun slotli versiyasi yo‘q, unda internetga faqat Wi-Fi orqali ulanish mumkin. Qurilma Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimida ishlaydi.

Huawei MediaPad t3 7.0 plansheti MediaTek MT8127 protsessori, 1 Gb tezkor va 8 Gb doimiy xotira (yoki 2 Gb / 16 Gb), 7 dyuymli 1024×600 pikselli ekran, 2 megapikselli asosiy va 2 megapikselli old kamera, 3100 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan.

Planshetni Toshkentdagi “Malika” texnobozorida, taxminan, 1,5 million so‘mga xarid qilish mumkin.

Ushbu qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.

 


Manba: "daryo.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: Huawei, plansheti, Toshkentda, MediaPad t3, 5 mln so‘mdan sotuvga chiqdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя