Главная » 2016 » Ноябрь » 24 » Toshkentda ko‘ngilli haydovchilar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatmoqda
15:28

Toshkentda ko‘ngilli haydovchilar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatmoqda


Poytaxtimiz Toshkent shahrida qor yog‘ib, havo harorati keskin pasayib ketgan bir paytda Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Voditeli Tashkenta” guruhining bir necha a’zolari xayrli ishga qo‘l urdilar.
 
Noqulay ob-havo sharoitida transport harakati qiyinlashishi sir emas. Ba’zi haydovchilar shu kunlarda ma’lum manzildan ikkinchi manzilga bepul eltish sharti bilan yo‘lovchilar olib ketishlari haqida e’lonlar chop etmoqda.
 
Bu ayniqsa, vaqt tig‘iz bo‘lganida hamyurtlarimizga qulaylik yaratdi. Avvaliga yo‘lovchilarni bepul eltish borasidagi e’lonlar birin-ketin chop etilgan bo‘lsa, keyinroq minnatdorlik mazmunidagi postlar yozila boshlandi.
 
Xususan, Qo‘yliq mavzesidan shahar markazigacha, Qora-qamish dahasidan O‘rikzor bozorigacha va boshqa manzillar bo‘yicha ko‘ngilli haydovchilar yo‘lovchilarni olib ketishgan. Bir necha foydalanuvchilar bunday xizmatdan foydalangani haqida ham xabarlar qoldirib, sovuq havoda tez, oson va bepul manziliga yetib olgani uchun minnatdorlik so‘zlarini izhor etgan.
 
Ko‘ngilli haydovchilarning bunday harakatlarini ko‘pchilik olqishladi. Yaqinda Xorazm viloyatida ham homilador ayollarni bepul manzilga yetkazuvchi avtomobil paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi. Surat orqali tarqalgan xabar o‘z tasdig‘ini topmagandi.

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ko‘ngilli haydovchilar, Taxi | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя