Главная » 2018 » Апрель » 17 » Sami Naseri yangi «Taksi»ni keskin tanqid qildi
14:59

Sami Naseri yangi «Taksi»ni keskin tanqid qildi


Fransiyalik aktyor Sami Naseri «Taksi 5» filmini tanqid ostiga oldi, deb yozmoqda Regnum artistning YouTube’da e’lon qilingan yangi intervyusiga asosan.

Ushbu aktyorni qachonlardir mashhurlik cho‘qqisiga ko‘targan kartinaning davomi 2018 yilning 12 aprel kuni jahon prokatiga chiqdi. Filmdagi aktyorlar tarkibiga ilk bora kiritilmagan Naseri natijadan g‘azablandi: u kartinani sketch deb atab, unda na syujet, na voqea borligi, faqat oddiy, zerikarli hazillardan iborat ekanini bildirgan.

Aktyorning fikricha, «Taksi 5» hamda avvalgi qismlarga prodyuserlik qilgan Lyuk Besson franshizani noprofessionallarga sotib yubordi, «ular yakunda butunlay dabdala narsani qilishdi», - degan aktyor.

Sami Naseri filmning avvalgi to‘rt qismida Daniel Morales rolini ijro etgan. Yangi kartinada rejissyorlik o‘rindig‘ini Frank Gastambid egalladi, u bosh erkak rolini ham o‘ynadi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: taksi, Taxi, Taksi 5, Sami Naseri | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя