Главная » 2016 » Октябрь » 27 » Toshkentda qurilayotgan bino quladi. Qurbonlar bor
13:08

Toshkentda qurilayotgan bino quladi. Qurbonlar bor


Toshkent shahri Shayhontoxur tumanida favqulodda hodisa yuz berdi Farobiy ko‘chasida qurilayotgan bino quladi. FVV qutqaruv xodimlari vayronalar ostidan 2 kishini qutqarib qolishdi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 26 oktabr kunduz soat 11:30 da Toshkent shahri Shayhontoxur tumani Farobiy ko‘chasida qurilayotgan bino konstruksiyasi qulab tushdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, 393B-sonli bino konstruksiyalarining to‘satdan qulashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, yana 2 kishi turli darajada jarohat oldi. Jarohatlanganlar zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. Voqea sodir bo‘lgan joyda FVV, IIV YoXB va Toshkent shahri hokimiyati xizmati yordamida vayronalar bartaraf etildi.

Hodisa yuz bergan joy Toshkent shahar IIB tomonidan o‘rab olindi va olib borilayotgan ishlar xavfsizligi ta’minlandi. Dastlabki taxminlarga qaraganda, bino qulashiga qurilish me’yor-qoidalariga rioya qilinmaganligi sabab bo‘lgan. Ayni vaqtda voqea yuzasidan Shayhontoxur tumani IIB va Prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Durdona Rasulova 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkentda, bino quladi, qurilayotgan, qurbonlar bor | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя