Главная » 2017 » Январь » 28 » Toshkentda texnologik chiqindilarni yig‘ish punktlari ochiladi
13:21

Toshkentda texnologik chiqindilarni yig‘ish punktlari ochiladi


Aprel oyi oxiriga qadar Toshkentdagi yirik savdo maydonlari va jamoat joylarida qattiq xo‘jalik va elektron chiqindilar uchun maxsus konteynerlar o‘rnatiladi. Keyinchalik, “Gazeta.uz”ning xabar berishicha, Toshkent ko‘chalarida harakatlanuvchi mobil punktlar ham faoliyat olib boradi.

Maxsus konteynerlarga o‘z foydalanish muddatini o‘tab bo‘lgan xo‘jalik yoki kompyuter texnikalarini keyinchalik to‘g‘ri qayta ishlanishi uchun tashlash mumkin.

Konteynerlar turli xildagi chiqindilar uchun alohida qutichalarga ega bo‘lib, o‘sha yerdan ular muntazam ravishda utilizatsiyaga olib ketiladi.

Loyiha aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida ham amalga oshirilmoqda. Odamlarga eski kompyuter yoki fenni tashlash uchun atayin qayergadir borish noqulay yoki buni hech qachon qilmaydi. Biz esa shaharning barcha tumanlarida maxsus punktlarni tashkil etish orqali aholining utilizatsiya muammosiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishini rag‘batlantirishni xohlaymiz.

Jonibek Berdiyev, “Toshrangmetzavod” rangli metall chiqindilarini yig‘ish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

Chiqindilar “Toshrangmetzavod” bo‘linmalaridagi yuqori texnologiyali liniyalarda ham qayta ishlanishi mumkin. Shunday qilib, elektron chiqindilar ekotizimni ifloslantirishda ishtirok etmaydi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: texnologik chiqindilarni yig‘ish, Toshkentda, punktlari ochiladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя