Главная » 2017 » Март » 24 » Toshkentda yana 32 fohisha qo‘lga tushdi
14:04

Toshkentda yana 32 fohisha qo‘lga tushdi


16-23 mart kunlari Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik qilish, fohishalik bilan shug‘ullanish, jamoat joylarida spirtli ichimliklar iste’mol qilinishini oldini olish maqsadida, o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida 11 ta fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik qilish jinoyatlari aniqlangan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi, ya’ni fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik qilish alomatlari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Fohishalik bilan shug‘ullanib kelayotgan 32 nafar va jamoat joylarida spirtli ichimlik iste’mol qilgan 528 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy ta’sir choralari ko‘rilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: toshkent, 32, qo‘lga tushdi, yana, Fohisha | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя