Главная » 2020 » Июль » 9 » Turkiyalik kino yulduzlari qanday mashina haydaydi? (foto)
13:42

Turkiyalik kino yulduzlari qanday mashina haydaydi? (foto)


Shou-biznes vakillarining nafaqat ijodi, balki hayot tarzi — qanday uyda yashashi, haydaydigan mashina modeli ham o‘quvchilar uchun qiziq hisoblanadi. Quyida turk kinosanoati vakillari garajidan qanday mashina o‘rin olganiga to‘xtalamiz.

Chaglar Ertugrul

“Fazilatxonim qizlari” filmidagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Chaglar Mercedes GLA-Class mashinasini haydashni afzal biladi. “Fazilatxonim qizlari” serialining suratga olish jarayonida Mercedes haydagan aktyor uni “Mariya” deb atagan.

Deniz Baysal

Deniz Baysal ham Chaglar singari Mercedes’ning muxlisi hisoblanadi. Aktrisa Mercedes-Benz Türkiye’ning vakili hisoblanadi.

Aybuke Pusat

Mercedes sevuvchi turk aktrisalaridan yana biri aktrisa Aybuke Pusat sanaladi. Aybuke ham Mercedes-Benz Türkiye bilan reklama shartnomasini imzolagan.

Aras Bulut Iynemli

Aktyor kundalik uchun Ford Ranger haydashni xush ko‘rsa-da, uning mashinalar to‘plamida, BMW va Mercedes’ni uchratish mumkin. “Chuqur” serialining yulduzi bo‘lgan Aras Fiat mashinasining Turkiyadagi vakili hisoblanadi.

Elchin Sangu

“Ijara sevgi ” serialida Dafna roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Elchin Land Rover mashinasini haydashni ma’qul biladi.

Barish Arduch

Aktyor filmlarda Mercedes bilan namoyon bo‘lsa-da, hayotda Audi haydashni afzal biladi. Bundan tashqari u Ford avtomobilining Turkiyadagi vakili hisoblanadi.

Jan Yaman

“To‘linoy” va “Tong qushi” seriallarida bosh qahramon rolini gavdalantirgani bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan Jan Yaman garajiga nazar tashlansa, Ford, Volkswagen, Mercedes va boshqa mashinalar bor ekanini ko‘rish mumkin.

Kadir Dogulu

Turk kinosanoatining yulduzli juftligi bo‘lgan Kadir Dogulu va Neslixon Atagul shahar kezish uchun BMW mashinasini tanlaydi.

Burak Deniz

“Malikam menga qara”, “Bizning hikoya” seriallari yulduzi Burak Deniz garajida BMW mashinasining bir necha modellari borligiga guvoh bo‘lish mumkin. “Malikam menga qara” serialidagi Murod obrazida Land Rover Discovery’da namoyon bo‘lgan aktyor Turkiyaning GQ taqdirlash marosimiga qizil Volkswagen’da kelgan.

Xande Erchel

Latofatli aktrisa Xande Erchel Audi 8 mashinasida harakatlanadi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: haydaydi, Turkiyalik, kino yulduzlari, qanday mashina, (Foto) | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя