Главная » 2016 » Октябрь » 26 » Uyda shaurma tayyorlaymiz!
12:06

Uyda shaurma tayyorlaymiz!


Hozirgi kunga kelib har qadamda shaurma, gamburger, xot-dog kabi mazali, ammo zararli taomlarni tayyorlab sotilayotganining guvohi bo‘lamiz. Nafaqat bolalar, balki kattalar ham bunday tezpishar va oson taomlarni  xush ko‘radilar. Shunday ekan, uni uy sharoitida tabiiy va toza mahsulotlardan, yog‘siz qilib tayyorlashga nima yetsin. Quyida shaurma tayyorlash resepti bilan bo‘lishdik. Uni bolalarga tushlikda tayyorlab berishingiz mumkin.

Kerakli mahsulotlar:

150 gr. mol go‘shti, 80 gr. karam, yarimta sabzi, 80 gr. smetana, 2 osh qoshiq ketchup, 1 choy qoshiq o‘simlik yog‘i, bitta lavash, ko‘kpiyoz, ko‘katlar va tabga ko‘ra tuz.

Tayyorlanish:

1.    Karamni qalamcha qilib to‘g‘rang, sabzini yirikroq qirg‘ichdan chiqarib oling. Maydalab to‘g‘ralgan ko‘kpiyoz va ko‘katlarni soling.

2.    Salatga o‘simlik yog‘i va ta’bga ko‘ra tuzi solib yaxshilab aralashtiring.

3.    Go‘shtni mayda qilib to‘g‘rab oling, qancha mayda bo‘lsa, shuncha yaxshi.

4.    Endi sous tayyorlang.

5.    Buning uchun ketchup va smetanani aralashtirib oling.

6.    Shaurmani tayyorlashni boshlang. Lavashni yoyib, unga sousdan surting.

7.    Go‘shtni qovurishni istamasangiz, suvda yoki gaz pechida butun holda pishirib oling. Istasangiz, ozgina o‘simlik yog‘ida tab berib, pishirib oling. Tayyor go‘shtni sous ustiga joylashtiring.

8.    Go‘sht ustiga karamli salatni solib chiqing.

9.    Karamli salat ustiga ham qolgan sousdan yana ozgina surting.

10.  So‘ng lavashni mahkam qilib o‘rang.

11.  Tayyor bo‘lgan lavashni mirto‘lqinli pechga 10-15 daqiqaga qo‘yib oling-da, dasturxonga torting. Endi bolangiz ko‘chada shaurma olib bering, deb xarxasha qilmaydi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: Uyda, shaurma, tayyorlaymiz | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя