Главная » 2021 » Октябрь » 25 » Vazirlik 25 oktyabrdan talabalar ta’tilga chiqishi haqidagi xabarga munosabat bildirdi
08:17

Vazirlik 25 oktyabrdan talabalar ta’tilga chiqishi haqidagi xabarga munosabat bildirdi


Kecha, 24 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda oliy ta’lim muassasalari talabalari 25 oktyabrdan 3 haftalik ta’tilga chiqishi haqida xabarlar tarqaldi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mazkur xabarga munosabat bildirib, u haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

“Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati ushbu xabar hech qanday asosga emasligini ma’lum qilib, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini fake (yolg‘on, asossiz) xabarlarga ishonmaslikka chaqiradi”, deyiladi xabarda.

Vazirlik fuqaro va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini, yolg‘on xabar tarqatish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-6 moddasiga (“Yolg‘on axborot tarqatish”) ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘lishidan ogohlantirgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ta’tilga, vazirlik, talabalar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя